Marketing va sotuv jarayonlarini yo’lga qo’yamiz
Sizning pozitsiyangiz va xohishlaringizga moslashgan holda ZAPUSK yoki ananaviy (performance) texnologiyasi asosida marketing va sotuv jarayonlarini yo’lga qo’yamiz.
Natija
Uylaringizni OPTOM yoki tizimli sotuvini yo’lga qo’yishga erishamiz.
Brendingizni rivojlantiramiz
Shaxs yoki qurilish kompaniyasi sifatida bo’lajak mijozlaringiz ongida sizga nisbatan kuchli ishonch hamda hurmat munosabatlarini shakllantiramiz.
Natija
Mijozlarning Sizga va kompaniyangizga ishonchining oshishi hamda Sizdan uy harid qilish istagining shakllanishiga erishamiz.
Raqobatchilar analizi
Siz qurayotgan bozorda qaysi “o’yinchilar” bor ular mijozlarga qanaqa takliflar berishyapti, sizning ulardan qanday kuchli va zaif tomonlaringiz borligini aniqlaymiz.
Mijozlar analizi
Sizning maqsadli auditoriyangiz ya’ni bo’lajak mijozlaringiz bilan suhbat o’tkazib, ularning og’riqli nuqtalari, qiziqishlari hamda xohishlarini aniqlaymiz.
Mahsulot analizi
Aynan Siz qurayotgan uyning imkoniyatlari, xususiyatlari hamda mijozlar uchun yaratiladigan qulayliklarni batafsil o’rganamiz.
Natija
Bozorga oson va tez kira olish, shuningdek yetakchilikni qo’ldan bermaslik maqsadida mijozlar uchun jozibali takliflar tayyorlaymiz, bunda six ham kabob ham kuymaydigan tarzda barchaga qulay narx takliflari ishlab chiqiladi.